Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Videoda bir necha kishi ularga qarata kelayotgan avtomobilga chap bergan, avtoulov ortga qaytganida ikki kishi unga qarata tosh otgan.
Poytaxt YXHB ma’lum qilishicha, voqea 7 fevral kuni soat taxminan 03:20 larda Shayxontohur tumani Taxtapul ko‘chasida sodir bo‘lgan. Bir necha fuqarolar o‘zaro gap talashib tortishib janjallashib ketishi natijasida Gentra avtomashina haydovchisi bir necha fuqarolarning ustiga qarab avtomashina boshqargan.
Janjalning barcha ishtirokchilari tuman ichki ishlar bo‘limiga topshirilgan. Avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan. Ayni paytda Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.