Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik astronavtlar XKS bortidan yana ochiq kosmosga chiqdi
Stansiya komandiri Sunita Uilyams va bortmuhandis Butch Uilmor 5,5 soat davomida ochiq kosmosda bo‘lib, bir qator texnik ishlarni bajardi.

Foto: NASA
Amerikalik astronavtlar ochiq kosmosdagi bir necha soatlik ishlardan keyin Xalqaro kosmik stansiya (XKS) bortiga qaytdi, deb xabar beradi NASA.
Stansiya komandiri Sunita Uilyams va bortmuhandis Butch Uilmor soat 07:43 da Quest shlyuzi orqali kosmik vakuumga chiqqan. Ular 5,5 soat davomida texnik ishlarni olib borgan. Bu vaqt davomida astronavtlar radioantenna tugunini demontaj qilgan va stansiya korpusida mikroblar qidirish bilan shug‘ullangan.
16 yanvar kuni ham ushbu astronavtlar bir necha soatga ochiq kosmosga chiqib, astrofizik uskunalarga xizmat ko‘rsatgan edi.
Xalqaro kosmik stansiyada hozirda yetti kishidan iborat ekipaj faoliyat yuritmoqda — «Roskosmos» kosmonavtlari Aleksey Ovchinin, Ivan Vagner va Aleksandr Gorbunov, NASA astronavtlari Nik Xeyg, Donald Pettit, Butch Uilmor va Sunita Uilyams.
Eslatib o‘tamiz, XKS bortidagi amerikalik astronavtlar Treysi Dayson va Mettyu Dominik 13 iyunda kosmik vakuumga chiqishi kerak bo‘lgan, ammo skafandr bilan bog‘liq muammolar tufayli jarayon bekor qilingan edi. 24 iyunda astronavtlar ochiq kosmosga 31 daqiqaga chiqqan va Dayson skafandridagi sovitish konturidan suv oqqani sabab stansiyaga qaytishga majbur bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
-
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
-
Uyda o‘tirib ham pul topish mumkin: imkoniyatlar ko‘p, faqat xohish kerak
Jamiyat | 11:09
-
Vetnamda ichida sayyohlar bo‘lgan yaxta ag‘darilib ketdi
Jahon | 09:39
Mavzuga oid

00:20 / 02.05.2025
NASA’ning ikki ayol astronavti XKS bortidan ochiq kosmosga chiqdi

19:25 / 18.03.2025
Xalqaro kosmik stansiyada 9 oy qolib ketgan astronavtlar Yerga qaytmoqda

17:05 / 16.03.2025
SpaceX kemasi XKSga muvaffaqiyatli ulandi

23:02 / 16.01.2025