Amerikalik astronavtlar XKS bortidan ochiq kosmosga chiqdi

Jahon 23:03 / 16.01.2025 720

Amerikalik astronavtlar 16 yanvar kuni Xalqaro kosmik stansiya (XKS) bortidan ochiq kosmosga chiqdi.

Qayd etilishicha, astronavtlar Nik Xeyg va Sunita Uilyams astofizik uskunaga xizmat ko‘rsatishi va yangi aloqa blokini o‘rnatishi kerak bo‘lgan. Kosmik vakuumga chiqish AQSh Sharqiy sohillari vaqti bilan soat 08:05 da boshlangan va texnik ishlar 6,5 soatga yaqin davom etgan.

2024 yilning iyunida amerikalik ikki astronavtning XKS bortidan ochiq kosmosga chiqishga urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi.

XKS bortidagi amerikalik astronavtlar Treysi Dayson va Mettyu Dominik 13 iyunda kosmik vakuumga chiqishi kerak bo‘lgan, ammo skafandr bilan bog‘liq muammolar tufayli jarayon bekor qilingan edi. 24 iyunda astronavtlar ochiq kosmosga 31 daqiqaga chiqqan va Dayson skafandridagi sovutish konturidan suv oqqani sabab stansiyaga qaytishga majbur bo‘lgandi.

Ayni vaqtda XKSda yetti kishidan iborat ekipaj — «Roskosmos» kosmonavtlari Aleksey Ovchinin, Ivan Vagner va Aleksandr Gorbunov, NASA astronavtlari Nik Xeyg, Donald Pettit, Butch Uilmor va Sunita Uilyams faoliyat yuritmoqda.

23 yanvar kuni amerikalik astronavtlar joriy yilning o‘zida ikkinchi bor ochiq kosmosga chiqishni rejalashtirgan.

Ko‘proq yangiliklar: