Xususiy kompaniyaga tegishli kosmik apparat ilk bor Oyga qo‘nishni amalga oshirdi
Firefly Aerospace kompaniyasining Blue Ghost kosmik apparati Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi.

Foto: Firefly Aerospace
Firefly Aerospace kompaniyasining Blue Ghost kosmik apparati Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirdi, deb xabar beradi Euronews. Bu xususiy kompaniyaga tegishli apparatning Yer tabiiy yo‘ldoshiga birinchi marta qo‘nishi hisoblanadi va uning missiyasi 14 kun davom etadi.
«Biz Oydamiz», — deya ma’lum qilgan Ostinda joylashgan (Texas shtati) Parvozlarni boshqarish markazi. Shuningdek, markaz qo‘nish «barqaror» amalga oshirilganini qo‘shimcha qilgan.
Modul Oy yuzasiga burg‘ilash texnologiyasini sinovdan o‘tkazish, tuproq namunalarini to‘plashga mo‘ljallangan radiatsiya va changga bardoshli hisoblash tizimlariga esa ilmiy uskunalarni olib chiqqan.
Bundan 10 yil oldin asos solingan Firefly startapi o‘zining vertikal qo‘nish tizimi orqali Oyga kosmik kemasini uchirgan birinchi xususiy kompaniyaga aylandi. Ammo uning ortidan yana ikkita kompaniya harakat qilmoqda. Ulardan birining moduli joriy hafta oxirigacha Oyga qo‘nishi kerak.
Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Oyga qo‘ngan to‘rt oyoqli apparatning balandligi 2 metrni, eni esa 3,5 metrni tashkil etadi.
NASA uskunalarning Oyga yetkazib berilishi uchun 97 million yevro, shuningdek, bortdagi ilmiy hamda texnologik ishlanmalar uchun 42 million yevro to‘lagan. Bu Oyga yuklarni yetkazish bo‘yicha tijoriy dastur doirasidagi uchinchi missiya bo‘lib, u bir-biriga raqobatchi xususiy kompaniyalar o‘rtasida «Oq iqtisodiyoti»ni ishga tushirishga mo‘ljallangan.
6 mart kuni Hyustonda joylashgan Intuitive Machines kompaniyasi apparati ham Oyga qo‘nishi kerak. Yaponiyaning ispace kompaniyasiga tegishli uchinchi apparatning qo‘shiniga esa hali uch oy bor. U ham Blue Ghost bilan birga 15 yanvar kuni Kanaveral burnidan uchirilgan edi, ammo uning parvozi uchun uzoq marshrut tanlangan. Intuitive Machines va ispace ikkinchi marotaba Oyga qo‘nmoqchi, ularning birinchi apparatlari qulab tushgan edi.
Mavzuga oid

14:06 / 27.02.2025
NASA missiyasi doirasida Oyga qo‘nish moduli uchirildi

21:59 / 24.02.2025
NASA va SpaceX xavfli asteroidlarni kuzatuvchi teleskopni uchiradi

17:07 / 19.02.2025
«Qotil asteroid»ning Yer bilan to‘qnashish xavfi ortgani ma’lum qilindi

21:30 / 01.02.2025