O‘zbekiston meva va sabzavotlarining Sibirga importi hajmi oshiriladi

Iqtisodiyot 17:05 / 30.01.2025 1095

Suhbat chog‘ida asosiy e’tibor mazkur savdo majmuasida mehnat qilayotgan yurtdoshlar haq-huquqlari himoyasini ta’minlash, ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish va mamlakatimizdan turli meva-sabzavotlarni Novosibirsk bozorlariga yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

Rossiya tomoni bugungi kunda Novosibirsk bozorida O‘zbekiston meva-sabzavotlarining ulushi 80-82 foizni tashkil etishini, bu Novosibirsk shahri va viloyatining barcha hamkor davlatlari orasida yuqori ko‘rsatkich ekanligini bildirdi. "O‘zbekiston meva-sabzavotlarining yuqori sifatiga alohida e’tibor qaratish lozim. Shuningdek, hozirda markazda savdo to‘g‘ridan to‘g‘ri O‘zbekistondan sabzavot va mevalar olib kelinayotgan yuk mashinalarida amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kengaytirishga tayyormiz", dedi Dmitriy Zyablov.

Mazkur savdo majmuasida ishlayotgan yurtdoshlar bilan kechgan suhbat chog‘ida ularning huquqlari buzilgan taqdirda Bosh konsulxonaga murojaat qilish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, Rossiya hududida qonuniy bo‘lish uchun barcha zarur hujjatlar o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi shartligi qayd etildi.

Ko‘proq yangiliklar: