Oq uy qo‘shimcha stenografistlarni ishga yollashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Associated Press o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. Ta’kidlanishicha, Donald Tramp prezidentlik lavozimiga kirishganidan keyin Oq uydagi mavjud stenografistlar tushayotgan yuklamaga bardosh bera olmayapti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp oq uyga qaytganidan beri umumiy hisobda 7 soat 44 daqiqalik chiqish qilgan va 81 ming 235 ta so‘z ishlatgan. Jo Bayden to‘rt yil oldin prezidentligining ilk haftasida 24 ming 259 ta so‘z ishlatgan.
Tramp 2017 yilda birinchi marta prezident etib saylanganida kamera qarshisida 33 ming 571 ta so‘z gapirgan edi.
«Donald Tramp shunaqa ko‘p gapiradiki, uning nutqini yozib olishi kerak bo‘lgan insonlar barcha so‘zlarni qayd etishga ulgurmayapti… Hozir ish yuklamasini hal etish uchun qo‘shimcha xodimlarni yollash muhokama qilinmoqda», — deyiladi xabarda.
Agentlikning qayd etilishicha, Tramp o‘zining inauguratsiya nutqida 22 mingdan ziyod so‘z ishlatgan, tabiiy ofatlardan jabr ko‘rgan Shimoliy Karolina va Kaliforniyaga tashriflarida esa 17 mingta so‘z gapirgan