O‘zbekiston | 11:25 / 29.01.2025
4860
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Davron Sattorov Andijon viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. 

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Tayinlovga qadar u Paxtaobod tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida faoliyat olib borgan.

Andijon viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida 2024 yil 15 yanvardan buyon Jasur Parpiyev ishlab kelayotgandi. 

Bundan oldin Ulug‘bek Rahimov Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. 

Mavzuga oid