2 gektar yerni 300 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Andijon viloyatida o‘tkazilgan “Tozalash“ kompleks tezkor-profilaktik tadbirlarida bir qator jinoyatlarga chek qo‘yildi.

Foto: Videodan kadr
IIV xabariga ko‘ra, viloyat hududida olib borilgan tadbirlar doirasida 106 ta jinoiy, 596 ta ma’muriy, jami 702 ta holat aniqlandi. 117 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, 633 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi. 39 ta jinoyat fosh etilib, 30 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi. 1123 nafar shaxs rasmiy ogohlantirildi.
Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Xo‘jaobod tumanida yashovchi shaxs 2 gektar yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berishni aytib, evaziga 300 ming dollar talab qilgan. U kelishilgan pullardan 50 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.
Yana bir holatda, 1967 yilda Andijon shahrida tug‘ilgan shaxs yashash uyi yerto‘lasida giyohvandlik va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi. 2 kg 37 gramm marixuana va 86 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotishni ko‘zlab saqlab kelayotganligi fosh etildi.
Holatlar bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruvchi-tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

09:51 / 09.03.2025
Uchta viloyatda “valyutchiklar” ushlandi

16:24 / 07.03.2025
“Vahimaga tushmang” - Kadastr agentligi yerlar xitoyliklarga sotilayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

11:41 / 07.03.2025
Yerni ijaraga olish uchun auksionda boshlang‘ich narxni belgilash tartibi o‘zgardi

10:18 / 07.03.2025