Andijondagi «Jahon bozori»da yong‘in chiqdi
Voqea joyiga shartnoma asosida navbatchilikda bo‘lgan yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan.

Foto: Videodan kadr
Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi «Jahon bozori»da sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 26 fevral kuni soat 20:10 da Andijon shahrida joylashgan «Jahon» savdo kompleksida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra zudlik bilan barcha kuch va vositalar jalb etilgan, voqea joyiga shartnoma asosida navbatchilikda bo‘lgan yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borganida tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli bo‘lgan do‘konlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani aniqlangan.
O‘t o‘chiruvchilar tomonidan yong‘in soat 20:35 da batamom o‘chirilgan.
Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, tan jarohati holatlari qayd etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil yanvar oyida Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi buyum bozorida yong‘in sodir bo‘lgandi. O‘shanda yong‘inni o‘chirishga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
Mavzuga oid

21:23 / 09.03.2025
Nyu-Yorkda yong‘inlar sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

09:51 / 09.03.2025
Uchta viloyatda “valyutchiklar” ushlandi

18:55 / 01.03.2025
Toshkentdagi 9 qavatli uyda yuz bergan yong‘in vaqtida bir kishi o‘zini pastga tashlab halok bo‘ldi

13:49 / 28.02.2025