Huquq faollari Suriyada «qasos olish» holatlarini qayd etmoqda
SOHR ma’lumotlariga ko‘ra, Suriyada ag‘darilgan Bashar Asad rejimi tarafdorlarining o‘ldirilishi holatlari kuzatilmoqda.

Foto: DW
Suriyada Bashar Asad rejimi tarafdorlaridan qasos olish kampaniyasi doirasida yil boshidan buyon 91 ta qotillik qayd etilgan. Bu haqda 26 yanvar, yakshanba kuni qarorgohi Londonda joylashgan Suriya inson huquqlari kuzatuv kengashi (SOHR) ma’lum qildi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, jami qurbonlar soni 190 nafar, jumladan, besh nafar ayoldan iborat. Eng ko‘p halok bo‘lganlar Xoms, Xama va Loziqiyada qayd etilgan.
Huquq himoyachilari ta’kidlaganidek, jinoyatlar siyosiy va diniy sabablarga ko‘ra sodir etilmoqda, bu esa «xavfsizlikning halokatli buzilishi»dan dalolat beradi.
SOHR bu kabi jinoyatlar «suriyaliklar o‘rtasidagi bo‘linishni chuqurlashtirishi» va bunday qonunbuzarliklarga chek qo‘yish, barcha aybdorlarni javobgarlikka tortish va mamlakatga «xavfsizlik va barqarorlikni» qaytarish uchun qattiq choralar ko‘rish kerakligini bildirdi.
AFP xabar berishicha, qatl etilganlarning aksariyati Asad hukumatining sobiq amaldorlaridir. Suriyaning yangi hukumati nazorati ostidagi mahalliy qurolli guruhlarning o‘nlab a’zolari mamlakat g‘arbidagi Xoms viloyatida qo‘lga olindi.
Asadning ag‘darilishi
2024 yil oxirida Suriyadagi qurolli guruhlar yirik hujumda Asad rejimini ag‘dardi. Dekabr oyi boshida sobiq prezident oilasi bilan Rossiyaga qochishga majbur bo‘ldi.
Suriyaning o‘tish davri hukumatiga «Hay’at Tahrir ash-Shom» guruhi rahbari, avval Abu Muhammad al-Juloniy nomi bilan tanilgan Ahmad al-Shara boshchilik qildi. Dekabr oyi oxirida u sobiq isyonchilar yetakchilari bilan ularning bo‘linmalarini tarqatib yuborish va keyin mamlakat Mudofaa vazirligi qoshida birlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Ahmad al-Shara bir qator G‘arb davlatlarining hukumat vakillari bilan bir necha uchrashuvlar o‘tkazdi. Shu bilan birga, Damashqdagi o‘tish davri hukumati va uni Yevropada qo‘llab-quvvatlovchi faollar Suriyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastidagi asosiy vazifasini bajarib bo‘ldi - Zelenskiy
Jahon | 00:22
-
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat | 23:40 / 14.03.2025
-
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Jahon | 23:29 / 14.03.2025
-
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
Jamiyat | 23:03 / 14.03.2025
Mavzuga oid

16:59 / 14.03.2025
Suriyaning yangi prezidenti 5 yillik o‘tish davri uchun konstitutsiyaviy deklaratsiyani imzoladi

14:23 / 13.03.2025
SOHR: Minglab alaviylar zo‘ravonliklar tufayli Xmeymim bazasiga qochib kirdi

21:40 / 11.03.2025
Suriya hukumati alaviylar isyonini bostirdi

10:07 / 11.03.2025