Yangi gidroenergetik quvvat manbai – Zarchob 2a kichik GES ishga tushirildi
So‘nggi yillarda mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish hamda mavjud quvvatlarni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, gidroenergetika sohasini rivojlantirish, yangi quvvatlarni yaratish borasida belgilab olingan strategik ustuvor maqsadlar yo‘lida bosqichma-bosqich amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bu borada, gidroenergetika sohasida yangi GESlarni qurish va ishga tushirish, mavjudlarini izchil modernizatsiya qilish borasida “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan keng ko‘lamli amaliy faoliyat olib borilmoqda. Prezidentimiz hamda hukumatimiz tomonidan zaruriy normativ-huquqiy asoslar yanada mustahkamlanib, istiqbolli investitsiyaviy dasturlar asosida istiqbolli loyihalar hayotga izchil tatbiq etilmoqda.
Bugun, 24 yanvar kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani To‘palang daryosi bo‘yida yangidan barpo etilgan Zarchob 2a kichik GESning rasmiy ochilish marosimiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev, hududiy tizim korxonalari vakillari, soha mutaxassislari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni kirish so‘zi bilan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ochib berdi hamda “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan barpo etilayotgan bu kabi istiqbolli loyihalar viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga muhim hissa qo‘shayotgani, chekka tumanlar hamda aholi farovonligi uchun katta imkoniyatlar yaratayotganini alohida qayd etdi.
So‘ngra so‘zga chiqqan “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov tomonidan bugungi kunda prezidentimiz rahnamoligida sohaga qaratilayotgan jiddiy e’tibor natijasi o‘laroq, bugungi kunda yurtimiz bo‘ylab qator loyihalar amalga oshirilayotgani, belgilab olingan ustuvor strategik maqsad va vazifalar qatorida hali barpo etilishi lozim bo‘lgan loyihalar ko‘pligi, bularning barchasi xalq manfaati, vatan ravnaqi, yurt istiqboli yo‘lida amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan Sariosiyo tumani iqtisodiy-ijtimoiy rivoji hamda aholi farovonligi uchun energetik quvvati 3 MVtga teng, yiliga o‘rtacha 13,3 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi Zarchob 2a kichik GES foydalanishga topshirildi.
Mazkur GES qurilishi to‘liq mahalliylashtirish doirasida, jamiyat tomonidan amalga oshirildi.
Loyihaviy qiymati 3,4 mln dollarga teng bo‘lgan Zarchob 2a kichik GES To‘palang daryosi bo‘yida ishga tushirilgan qator GESlarning o‘ziga xos uzviy davomi bo‘lib, bunda daryo suvidan oqilona foydalangan holda, bir necha marotaba daryo suvi gidroagregatlar orqali o‘tkazilib, samarali quvvatlarda elektr energiya ishlab chiqariladi.
Aytish joizki, Zarchob 2a kichik GES tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiya 6 000 ta xonadonni ta’minlaydi hamda farovonligiga muhim hissa qo‘shadi. Shuningdek, 3436 tonna mazut hamda 4 mln. m3 tabiiy gazning iqtisod qilinishi imkonini beradi.
Axborot xizmati
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

19:01 / 22.02.2025
Nurek, Rog‘un va Qambarota-1 – dunyodagi eng baland to‘g‘onlar qayerda qurilgan?

17:54 / 29.12.2024
Xitoy Tibet janubida dunyodagi eng yirik GESni qurmoqchi. Aholi, Hindiston va ekologlar qarshi

18:45 / 26.12.2024
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik gidroelektr stansiyasini quradi

12:31 / 31.08.2024