Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik gidroelektr stansiyasini quradi

Jahon 18:47 / 26.12.2024 3038

Xitoy hukumati Sharqiy Tibet platosida ulkan gidroelektr stansiya (GES) qurish loyihasini ma’qulladi, deb yozdi Reuters. GES Yarlung Tsangpo daryosida quriladi.

GES quriladigan daryo uchastkasidagi balandlik farqi 2 km, uzunligi 50 km, bu ulkan gidroenergetika salohiyatini ta’minlaydi. Yangi GES dunyodagi eng katta to‘g‘on bo‘ladi. U yiliga 300 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi – bu bilan uning quvvati Xitoyda joylashgan hozirgi eng yirik GES – «Uch dara» quvvatidan uch baravar ko‘proq bo‘ladi.

Yangi elektr stansiyasi mamlakatdagi eng yirik qurilish kompaniyalaridan biri Xitoyning Power Construction Corp of China kompaniyasi tomonidan quriladi. Qurilishga jami sarmoya 1 trillion yuandan (137 milliard dollar) oshishi kutilmoqda, bu esa stansiyani dunyodagi eng qimmat infratuzilma loyihasiga aylantiradi.

Xitoy rasmiylariga ko‘ra, loyiha atrof-muhitga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Biroq, Hindiston va Bangladesh rasmiylariga ko‘ra, GES suv toshqini yoki quyi oqimda suv tanqisligiga olib kelishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: