Surxondaryoda «Zarchob-1A» kichik GESi ishga tushdi

O‘zbekiston 12:31 / 31.08.2024 2733

30 avgust kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida «Zarchob-1A» kichik GESi foydalanishga topshirildi.

«O‘zbekgidroenergo» xabariga ko‘ra, To‘palang daryosi bo‘yida joylashgan «Zarchob-1A»ning quvvati 3 MVt ga teng, yiliga o‘rtacha 13,3 million kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Ushbu kichik GES ishga tushirilishi natijasida to‘rtinchi marta daryo suvi gidroagregatlar orqali o‘tkazilib, elektr energiya ishlab chiqarilmoqda.

GESni qurish loyihasi qiymati — 3,33 million dollar. Uni ishga tushirish orqali yangi 5 ta ishchi o‘rni yaratildi.

GESni qurish ishlari Gidro Texnik MChJ tomonidan bajarildi. Unga frensis turidagi 1 ta vertikal gidroagregat o‘rnatildi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, «Zarchob-1A» ishlab chiqaradigan elektr energiyasi 4750 ta xonadonni ta’minlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: