Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda katta miqdordagi giyohvandlik moddalari qo‘lga olindi
Surxondaryoda supurgilar dastagiga yashirilgan 612 kg giyohvandlik vositasini olib kirishga urinish fosh qilindi.

Foto: DXX
DXX Chegara qo‘shinlari tomonidan Bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarini respublikaga olib kirishga bo‘lgan navbatdagi urinish bartaraf etildi.
2025 yil 9 fevral kuni Surxondaryo viloyatidagi “Termiz avtoyo‘llari” xalqaro o‘tkazish punkti orqali respublika hududidan tranzit tarzida o‘tish uchun kirib kelgan yuk avtotransport vositasini belgilangan texnologik sxema asosida chegara nazoratidan o‘tkazish jarayonida mazkur avtotransport vositasiga ortilgan 13,5 tonna og‘irlikdagi supurgi xodimlarning diqqatini tortdi.
Shundan so‘ng, mazkur avtotransport vositasi “Termiz avtoyo‘llari” xalqaro o‘tkazish punktiga tutash hududdagi "Termiz" tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti tasarrufidagi bojxona omboriga keltirilib, undagi tovarlar chuqurlashtirilgan ko‘rikdan o‘tkazildi.
Aniqlanishicha, yuk avtotransport vositasiga 180 ta qopda supurgi jo‘xorisi o‘simligidan tayyorlangan 22 ming 500 dona xo‘jalik supurgilari ortilgan. Mazkur supurgilarni sinchiklab ko‘zdan kechirish davomida, 2986 dona supurgilarning dastaklari orasiga aynan supurgi rangiga mos ravishda sariq rangdagi skotch bilan o‘ralgan o‘rtacha 25 sm uzunlikdagi polietilen o‘ramlar yashirilgani fosh bo‘ldi. Ushbu o‘ramlar belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida, ularning ayrimlari ichiga o‘rtacha 200 gr og‘irlikdagi o‘tkir hidli giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda yashirilgani aniqlandi.
Shunday qilib, mazkur holatda 2984 dona supurgi dastaklaridan ajratib olingan o‘ramlardagi o‘tkir hidli to‘q jigarrang giyohvandlik vositalari ekspress analiz natijalariga ko‘ra, “gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi aniqlandi va ushbu zahri qotil og‘irligi o‘ramlari bilan birga 612 kgni tashkil qilmoqda.
Hozirda holat yuzasidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

14:44 / 14.07.2025
Surxondaryoda uchta yangi sayyohlik markazi barpo etiladi

12:05 / 07.07.2025
Toshkentdagi mahallada giyohvandlik vositasini iste’mol qilgan yosh yigitlar aniqlandi

20:36 / 04.07.2025
Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlandi

19:27 / 01.07.2025