Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi
Oliy Majlis Senati qarori bilan Oliy sudning besh nafar sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston prezidentining 2025 yil 23 yanvardagi farmoyishi bilan sud tizimida qator tayinlov va lavozimdan ozod etishlar amalga oshirildi, deb xabar beradi Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati.
Xususan:
- Abdurahmon Bakayevich Safoyev yozma arizasiga asosan Namangan viloyat sudi raisining o‘rinbosari — fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan;
- Jamshid Shuhratilloyevich Homidov yozma arizasiga asosan Surxondaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari — iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, shu kungi farmoyishga muvofiq:
- Navro‘z Boboqulovich Rahmonov — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Toshkent viloyat sudi raisining o‘rinbosari — fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga;
- Sardor Tohirovich Jo‘raboyev — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Sirdaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari — fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga;
- Abdunosir Abduxamitovich Egamberdiyev — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Namangan viloyat sudi raisining o‘rinbosari — fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga;
- Zoir Amanovich Rustamov — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Surxondaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari — iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi.
Bugun, 25 yanvar kuni yakunlangan Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisida Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Oliy Majlis Senatning ushbu masala yuzasidan qabul qilingan qaroriga asosan Navro‘z Rahmonov, Abdunosir Egamberdiyev, Zoir Rustamov, Abduvohid Qosimov va Hasan Egamberdiyev O‘zbekiston Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Mavzuga oid

20:44 / 27.02.2025
Prezident sud binolarini ko‘paytirish, odamlar uchun sharoit yaratishni buyurdi

21:14 / 24.02.2025
Qobil Do‘sov yana bir jinoyat ishida aybdor deb topildi

18:31 / 04.02.2025
2024 yilda hokimlarning mingga yaqin qarori haqiqiy emas deb topildi

18:17 / 25.01.2025