2024 yilda hokimlarning mingga yaqin qarori haqiqiy emas deb topildi
Oliy sud 2024 yilda sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar yuzasidan axborot berdi.
2024 yilda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq ishlar soni 2720 tani tashkil qilib, shundan jismoniy va yuridik shaxslarning 933 ta arizasi qanoatlantirildi. Bu haqda Oliy sud axborot berdi.
O‘tgan yili ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 15 373 ta ish ko‘rib chiqildi. Buning natijasida 6 338 ta fuqaro va yuridik shaxslarning huquqlari tiklandi.
Hisobot davrida ma’muriy va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, mansabdor shaxslarining qarorlari ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi 6991 ta ish ko‘rib chiqilgan. Xususan, hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq ko‘rib tamomlangan ishlar soni 2720 tani tashkil qilib, shundan jismoniy va yuridik shaxslarning 933 ta arizasi qanoatlantirilgan.
Viloyat va unga tenglashtirilgan ma’muriy sudlar tomonidan apellyatsiya tartibida 3174 ta ish ko‘rib chiqildi. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 385 ta qaror bekor qilinib, 14 ta qaror o‘zgartirildi. Kassatsiya tartibida 1208 ta ish ko‘rib chiqildi. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 130 ta qaror bekor qilinib, 4 ta qaror o‘zgartirildi. Taftish tartibida 1649 ta ish ko‘rib chiqildi. Quyi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 141 ta qaror bekor qilinib, 2 ta qaror o‘zgartirildi.
Oliy sudning Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida 2132 ta shikoyat va protest o‘rganib chiqilib, shundan 309 tasi ish materiallari asosida ko‘rib chiqildi. Natijada quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlarning 95 tasi bekor qilindi.
Mavzuga oid

20:44 / 27.02.2025
Prezident sud binolarini ko‘paytirish, odamlar uchun sharoit yaratishni buyurdi

21:14 / 24.02.2025
Qobil Do‘sov yana bir jinoyat ishida aybdor deb topildi

17:11 / 07.02.2025
Milliy gvardiyaga ma’muriy jazo chorasini qo‘llash vakolati berildi

18:20 / 25.01.2025