Jamiyat | 17:00 / 24.01.2025
6254
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

KIA Sonet yubileyi: ADM Jizzakh zavodida 10 minginchi avtomobil ishlab chiqarildi

2025 yil 23 yanvar kuni ADM Jizzakh avtomobil zavodi muhim ishlab chiqarish bosqichiga erishdi – Kia Sonet modelidagi 10 minginchi avtomobil ishlab chiqarildi. Bu marra ushbu modelning tobora ommalashayotganini namoyon etadi, chunki u 2024 yilda Kia avtomobillari orasida O‘zbekistondagi sotuv bo‘yicha yetakchi bo‘lib, mahalliy iste’molchilarning ishonchini qozongan edi.

Foto: Kia

ADM Jizzakh – O‘zbekistonda xususiy investitsiyalar asosida tashkil etilgan birinchi avtomobil zavodidir. Zavodning alohida ahamiyati shundaki, krossover Kia Sonet mamlakatimizda to‘liq texnologik jarayon (CKD), ya’ni kuzovlarni payvandlash, bo‘yash va yig‘ish jarayonlarini o‘z ichiga olgan ishlab chiqarish sikli asosida ishlab chiqarilayotgan birinchi Kia modeliga aylandi. Sonet avtomobillarini ishlab chiqarish 2024 yil mart oyida boshlangan bo‘lib, yig‘uv jarayonining ilk kunlaridanoq modelning lokalizatsiya darajasi 30% ni tashkil etdi.

Muvaffaqiyatga erishish yo‘li

2024 yil iyul oyida 1minginchi Kia Sonet ishlab chiqarildi va bu zavod uchun burilish nuqtasi bo‘ldi. Keyingi olti oy ichida avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 10 barobarga oshdi. Bu iste’molchilarning ortib borayotgan talablari va ishonchidan darak beradi. Kia Sonet zamonaviy dizayn, tejamkorlik va ko‘plab qulay funksiyalarni o‘zida mujassam etgan. Bu sifatlar modelni shahar hayoti hamda sayohatlar uchun universal yechimga aylantirib, uning ishonchliligi va funksionalligini yanada yorqinroq ko‘rsatdi.

ADM Jizzakh'ning O‘zbekiston avtomobil sanoatidagi o‘rni

ADM Jizzakh zavodi ADM Global kompaniyalar guruhining tarkibiy qismi bo‘lib, u Kia brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori sanaladi. Zavodning faoliyati Kia Corporation bilan strategik hamkorlik doirasida amalga oshirilmoqda. Bu sherikchilik milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga, ish o‘rinlarini yaratishga hamda O‘zbekistonning mintaqaviy avtomobil bozoridagi pozitsiyasini mustahkamlashga hissa qo‘shmoqda. Hozirda zavodda 3000 dan ortiq xodim mehnat qiladi.

10 000 minginchi Kia Sonet'ning ishlab chiqarilishi O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning sifatga bo‘lgan iste’molchilar ishonchini hamda ichki va mintaqaviy bozor talablarini qondirishda milliy ishlab chiqarishning ahamiyatini namoyon etadi.

ADM Jizzakh milliy avtomobil sanoatining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishda davom etmoqda hamda yangi sifat va texnologik standartlarni joriy qilmoqda.

O‘zbekistonda Kia avtomobillari modellari, ularning texnik xususiyatlari, komplektatsiyalari va narxlari haqida ADM Global kompaniyalar guruhi sayti orqali ma’lumot olish mumkin.

Ma’lumot uchun:

Telefon: (+998) 55−500−83−33

Veb-sayt: kia.uz

Ijtimoiy tarmoqlar:

Facebook

Instagram

Telegram

YouTube

Reklama

Mavzuga oid

E`lonlar