Kia Sonet – yilning ulkan yutug‘i: Brend TAF!24ʼda yetakchilikni mustahkamladi

O‘zbekiston 14:21 / 19.10.2024 3839

Kia Sonet - SUV-B toifasida yilning ulkan yutug‘i

Kia Sonet modeli narx va sifatning maqbul nisbati tufayli ixcham krossoverlar (SUV-B) segmentida yilning ulkan yutug‘i sifatida tan olindi. Ekspertlar hay’ati mazkur avtomobilda mavjud bo‘lgan texnologiyalar va qulaylikning yuqori darajasini qayd etdi. Sonet raqobatbardosh narxda ishonchliligi va ilg‘or yechimlarni taklif qilish orqali keng ommaning talablariga javob beradi.

Ushbu mukofot Kia kompaniyasining zamonaviy iste’molchi ehtiyojlarini qondira oladigan innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqishga strategik diqqat-eʼtiborini tasdiqlaydi.

Kia radioreklamasi xalq tomonidan ovoz berish natijasiga ko‘ra kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Bundan tashqari, Kia reklama kampaniyasining yutug‘i tufayli taqdirlandi. «Yangi liderlar davri yaqinlashmoqda» shioriga ega radiorolik xalq tomonidan ovoz berish natijasiga ko‘ra ikkinchi o‘rinni egallab, kumush sovrinini qo‘lga kiritdi. Kampaniya brendning yetakchilikka yo‘naltirilgan va yangi chaqiriqlarga tayyor asosiy qadriyatlarini ta’kidlab o‘tdi.

Kia yangi texnologiyalarni joriy etish, mahsulot sifatini oshirish va o‘z mijozlarining ehtiyojlarini qondirishga diqqat-eʼtibor qaratish orqali oldinga intilishda davom etmoqda. TAF!24ʼda erishilgan mazkur muvaffaqiyat brendning barqaror rivojlanishga qaratilgani va o‘z qadriyatlariga sodiq qolishining yana bir tasdig‘idir.

Telefon: (+998) 55−500−83−33

Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | Telegram-bot |  YouTube

Reklama huquqi asosida 

Ko‘proq yangiliklar: