Hafta oxirida O‘zbekistonda havo isiy boshlaydi

O‘zbekiston 11:52 6509

Dam olish kunlari sovuq havo massalari chekina boshlaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.

Juma kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi havo harorati +3…+8 daraja bo‘ladi. Janubiy hududlarda ba’zi joylarida +10…+12 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi.

Shanba-yakshanba kunlari butun respublika bo‘ylab havo harorati ko‘tarilishi fonida quyoshli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shanba kechasi havo harorati –2…–7 daraja oralig‘ida saqlanib, kunduzi +7…+12 darajagacha ko‘tarila boshlaydi. Yakshanba kuni esa kechasi havo harorati –2…+3, kunduzi +9…+14 darajagacha ko‘tariladi.

24–25 yanvarda ba’zi joylarda shamol 13–18 metr/soniyagacha tezlikda esadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi mavjud.

Toshkent shahrida dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Shanba kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, havo harorati kechasi –3…–5, kunduzi +8…+10 daraja bo‘ladi. Yakshanba kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, havo harorati kechasi 0…+2, kunduzi +11…+13 darajagacha ko‘tariladi.

Ko‘proq yangiliklar: