O‘zbekistonda elektron sigaretalar taqiqlanadi

O‘zbekiston 15:53 2877

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi elektron sigaretalarni taqiqlovchi qonun loyihasini ko‘rib chiqib, qabul qildi.

Ma’lum qilinishicha, qonun loyihasi bilan O‘zbekistonda nikotinni iste’mol qilish moslamalari, shu jumladan elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklarni ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, respublika hududiga olib kirish hamda olib chiqish taqiqlanmoqda.

Aylanmasi taqiqlangan chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinni iste’mol qilish moslamalari, shu jumladan elektron sigaretalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Qayd etilishicha, qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida mas’ul qo‘mita tomonidan deputatlar bergan takliflar asosida undagi normalar takomillashtirilgan va loyiha matni maromiga yetkazilgan.

Deputatlarga ko‘ra, qonun loyihasining qabul qilinishi aholining hayoti va sog‘lig‘ini yanada himoya qilish, millat genofondini saqlash, atrof-muhitni tamaki va nikotin mahsulotlarining yangi turlaridan muhofaza qilishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: