Tramp Ukrainada urushni to‘xtatish uchun OPEKni yana neft narxini tushirishga chaqirdi

Jahon 22:14 / 23.01.2025 1616

AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni va OPEKni neft narxini yana tushirishga chaqirdi. Uning fikricha, bu Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini tezroq to‘xtatishga yordam beradi.

«RBK-Ukraina»ning ma’lum qilishicha, Donald Tramp bu haqida Davosda o‘tkazilgan Jahon iqtisodiy forumidagi chiqishi vaqti ta’kidlagan.

«Men Saudiya Arabistoni va OPEKdan neft narxini yana tushirishni so‘rayman. Ular bu ishni nima uchun saylovgacha qilishmaganiga hayronman. Agar narxlar tushganida, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi tez yakunlangan bo‘lardi», — deydi Tramp.

Uning fikricha, neft narxi qimmat bo‘lar ekan, urush davom etadi. «Siz neft narxini tushirib, urushni tugatishingiz mumkin. Buni allaqachon qilish kerak edi, bu sizlar tomondan yo‘l qo‘yilgan mas’uliyatsizlik», — deya ta’kidlaydi AQSh prezidenti.

Neftning eng yuqori narxi

«Katta sakkizlik» davlatlari Rossiya neftiga eng yuqori narxni 2022 yil oxirida joriy etgandi. Shundan keyin Rossiya G‘arb cheklovlarini chetlab o‘tish va o‘z neftini odatdagi narxda sotish evaziga «soyadagi floti»ni yaratdi.

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarining 15-paketini «soyadagi flot»ga qaratdi. Sanksiyalar ro‘yxatidan uchta mamlakatning 52 ta kemasi o‘rin olgan.

Shuningdek, YeIga a’zo oltita mamlakat Yevropa komissiyasini G7 davlatlari tomonidan Rossiya neftining bir barreli uchun 60 dollar miqdorida o‘rnatilgan narxini tushirishga chaqirgan. Bu bozorda shok holatda yuzaga keltirmaydi, biroq Moskvaning Ukrainaga qarshi urushini davom ettirishga yo‘naltirayotgan daromadlarini kamaytirishga xizmat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: