Shanxayda odamsimon robotlarni tayyorlaydigan baza ochildi
Ushbu markaz robotlarni turli vazifalarni bajarishga o‘rgatadi. Olingan ma’lumotlar sun’iy intellekt modellarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga taqdim etiladi.

Foto: YiCai
Shanxayda odamsimon robotlarni mashq qildirishga mo‘ljallangan Xitoydagi birinchi baza ochildi, deb xabar beradi TiCai Global portal.
«Markaz turli sohalarning robotlarini qator vazifalarni bajarishga o‘rgatadi, olingan ma’lumotdan esa robotlar intellekti darajasini keyinchalik optimallashtirish maqsadida foydalanish mumkin», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, dastlab markazga 100 ta sun’iy humanoid robot joylashtiriladi. Ular 10 dan ortiq ssenariydan foydalanilgan holda turli vazifalarga o‘rgatiladi. Olingan ma’lumotlar sun’iy intellekt modellarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga taqdim etiladi.
Avvalroq Xitoyda yugurish bo‘yicha o‘tkaziladigan yarim marafonda dunyoda birinchi marta robotlar insonlarga jiddiy raqib bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Ushbu inqilobiy marafon aprel oyida Pekinning Daksin tumanida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Jami 12 ming ishtirokchi 13 mil yoki 21 kilometr masofani bosib o‘tishi kerak, ulardan faqat uchtasi sovrinlarni qo‘lga kiritadi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Shveytsariyaning Jyeneva shahrida sun’iy intellekt bo‘yicha Butunjahon forumi doirasida birinchi matbuot anjumani bo‘lib o‘tgan va unda to‘qqizta odamsimon robot ishtirok etgan edi. O‘shanda savollarga javob berar ekan, robotlar odamlar bilan ishlash va ularga yordam berish uchun yaratilganini, odamlar ularga juda mehribon bo‘lgani uchun insoniyatga qarshi isyon qilishni rejalashtirmaganini ta’kidlagandi.
Mavzuga oid

09:21
Xitoy O‘zbekistonda ta’lim va kasbga tayyorlash o‘quv markazini ochadi

22:47 / 08.03.2025
ShHT sammiti Xitoyning Tyanszin shahrida kuzda bo‘lib o‘tadi

16:41 / 08.03.2025
AQSh sudi Xitoydan Covid-19 tarqalgani uchun 24 milliard dollar talab qildi

16:24 / 07.03.2025