Nos – Markaziy Osiyoda an’anaviy mahsulot bo‘lib, uni og‘iz orqali iste’mol qilishadi. Tarkibiga tamaki, o‘simlik moylari va boshqa zararli qo‘shimchalar kiradi. Ayrim hollarda ta’sirni kuchaytirish uchun tovuq chiqindisi ham qo‘shiladi. Bu mahsulotning noqonuniy ishlab chiqarilishi va tekshiruvlardan o‘tmasligi uning sifati va xavfsizligiga jiddiy shubha tug‘diradi.
Nosning noqonuniy ishlab chiqarilishi va savdosi budjetga soliq tushumlari keltirmaydi. Laboratoriya tahlillari mahsulot tarkibida mishyak, simob, qo‘rg‘oshin va kadmiy kabi xavfli moddalarni aniqladi. Kioto universiteti laboratoriyasida o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, nos tarkibida 4000 dan ortiq kimyoviy moddalar mavjud, ulardan 30 tasi kanserogen hisoblanadi. Nos iste’moli salomatlik uchun jiddiy xavf tug‘dirib, og‘iz bo‘shlig‘i, oshqozon-ichak, yurak-qon tomir tizimi va boshqa kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Boshqa mamlakatlarda nikotin iste’molini kamaytirish maqsadida turli yondashuvlar qo‘llanmoqda. Masalan, AQShda nikotinli pauchlar kamroq zararli alternativa sifatida tasdiqlandi. Ular tamakini o‘z ichiga olmaydi va sifat standartlariga mosligini qat’iy tekshiruvdan o‘tkazadi. Bunday mahsulotlar kattalarni sigaretdan voz kechishga yordam beradi.
O‘zbekistonda nos hali ham legal mahsulot bo‘lib qolmoqda. Uni to‘liq taqiqlash uning ommabopligi sababli qiyin bo‘lishi mumkin. Biroq nos uchun majburiy sifat standartlarini joriy etish orqali toksik moddalarni yo‘q qilish va ishlab chiqarishni qonuniylashtirish imkoni borligi aytilmoqda.
Samarali tartibga solish va nazorat jamoat salomatligini himoya qilish va sifatli mahsulotni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Faqat shu yo‘l bilan nos iste’moli bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish va mamlakatdagi vaziyatni yaxshilash mumkin.