Aliyev Ukrainaga insonparvarlik yordami uchun 1 million dollar ajratdi
Ajratilgan mablag‘lar Ozarboyjonda ishlab chiqarilgan elektr jihozlarini xarid qilish va Ukrainaga insonparvarlik yordami sifatida jo‘natish uchun sarflanadi.

Foto: president.az
Ozarboyjon Ukrainaga insonparvarlik yordami uchun 1 million dollar ajratdi. Tegishli farmonni mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev imzoladi va hujjat davlat rahbari saytida joylashtirildi.
Ajratilgan mablag‘lar Ozarboyjonda ishlab chiqarilgan elektr jihozlarini xarid qilish va Ukrainaga insonparvarlik yordami sifatida jo‘natish uchun sarflanadi.
Ozarboyjon Kiyevga birinchi marta gumanitar yordam yuborayotgani yo‘q. 2023 yil iyul oyida Aliyev shuningdek, Ukrainaga elektr jihozlarini xarid qilish va jo‘natish uchun mamlakat Energetika vazirligiga 7,6 million dollar ajratgan edi.
2022 yilda Ozarboyjon Ukrainaga 30 million manatdan ortiq (17,6 million dollar) gumanitar yordam ko‘rsatdi. Bu Bokuning o‘sha yili boshqa davlatga ko‘rsatgan eng katta yordamidir. Boku dori-darmonlar, oziq-ovqat, transformator va generatorlar yubordi va ukrainalik bolalarni tibbiy va psixologik reabilitatsiya qilish uchun qabul qildi.
Rossiya bosqini boshlaganidan keyin Ozarboyjon Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatladi. «Ukrainadagi urush etnik va diniy nuqtai nazardan bir-biriga juda yaqin bo‘lgan ikki xalq uchun katta fojiadir. Bu katta fojia», dedi Ilhom Aliyev.
Shu bilan birga, Boku Kiyevga qurol yetkazib berishdan bosh tortdi. «Ular bizdan so‘rasa ham, buni bajara olmaymiz», dedi Aliyev.
2024 yil oxirigacha Ozarboyjon Ukrainaga taxminan 40 million dollar yordam bergan.
Mavzuga oid

22:00
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

16:59
Frontdagi vaziyat: Moskva Kursk oblastidagi jiddiy yutuqlari haqida e’lon qilmoqda

13:19