Fransiya Senati sobiq bosh vazirlar va prezidentlarga taqdim etiladigan imtiyozlarni bekor qilishni nazarda tutuvchi 2025 yilgi budjet loyihasiga ovoz berdi.
Milliy assambleyaning qo‘shma komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi kerak bo‘lgan bo‘lsa ushbu tashabbus budjet foydasiga har yili 2,8 million yevro tejash imkonini beradi.
«Sobiq prezidentlar va bosh vazirlarning imtiyozlarini bekor qilish ma’qullandi, biz shunday yo‘l bilan iqtisod qilyapmiz», — deydi mazkur qaror tashabbuskori senator Natali Gule.
Fransiya bosh vazirlari iste’foga chiqsa xizmat avtomobili, shaxsiy haydovchi va kotibga ega bo‘lishi mumkin. Ushbu imtiyozga 2019 yilda yosh cheklovi qo‘yilgan: u faqat 67 yoshdan oshgan sobiq amaldorlarga nisbatan qo‘llanadi. O‘tgan yilning noyabr oyida hali lavozimda bo‘lgan sobiq bosh vazir Mishel Barne o‘zidan oldingi rahbarlarni davlat resurslaridan foydalanishda «kamtarroq bo‘lishga» chaqirgan edi.
«Sobiq prezidentlar uy-joy va umrining oxirigacha xavfsizlik bilan ta’minlanmasligidan umuman xafa emasman», — deydi hukumat matbuot kotibi Sofi Prima.