AQSh Kongressi noqonuniy migrantlarni hibsga olishni nazarda tutuvchi qonunni qabul qildi

Jahon 17:02 1315

AQSh Kongressi turli jinoyatlar, jumladan, talonchilik va o‘g‘irlikda ishtirok etgan noqonuniy migrantlarni hibsga olishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi, deb xabar berdi Anadolu.

Noqonuniy migrant tomonidan o‘ldirilgan amerikalik talaba Rayli nomi bilan atalgan «Rayli Leyken qonuni» deb nomlanuvchi hujjat Senatda qabul qilindi.

Qonun loyihasi Vakillar palatasi tomonidan ma’qullanganidan so‘ng Oq uyga yuborildi. Bu Kongress tomonidan AQSh prezidenti Donald Trampga imzolash uchun yuborilgan birinchi qonun loyihasidir.

Avvalroq Tramp saylovoldi tashviqoti vaqtida chegara xavfsizligi o‘zi uchun eng muhim masala bo‘lishini aytgan edi.

Qonun loyihasi turli jinoyatlarga aloqador noqonuniy migrantlarni sud qarorisiz hibsga olish imkonini beradi.

Meksika chegarasida noqonuniy migrantlar oqimiga qarshi kurashni va’da qilgan Tramp imkon qadar tezroq qonunni imzolashi kutilmoqda.

Meksika bilan chegara xavfsizligini ta’minlash maqsadida Tramp u yerga 1500 kishigacha bo‘lgan qo‘shimcha harbiy kontingentni yuborish to‘g‘risidagi yangi buyruqni imzolagan edi.

Ko‘proq yangiliklar: