Yevroparlament Belarusdagi saylov natijalarini tan olmaslikka chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi

Jahon 19:36 1209

Yevroparlament Belarusdagi saylov natijalarini tan olmaslikka chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Unda Yevroparlament deputatlari YeI davlatlari va xalqaro hamjamiyatni respublikadagi elektoral kampaniya natijalarini tan olmaslikka chaqirgan.

Hujjat 567 deputat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, 25 deputat esa qarshilik bildirgan. 66 nafar deputat esa ovoz bermaslikni ma’qul ko‘rgan.

Belarus TIV avvalroq Yevroparlament rezolyutsiyasi loyihasini Minskning elektoral ishlarga qo‘pol aralashuv deb atagandi. Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Anatoliy Glazning so‘zlariga ko‘ra, «loyiha suveren davlatning elektoral jarayonlariga qo‘pol aralashuv bo‘lib, uning haqiqiy vaziyatga hech qanday aloqasi yo‘q va Belarus fuqarolarining xohishlariga bosim o‘tkazishga qaratilgan». «Belarusda saylovlar endi boshlandi, u yerda esa hammasi qoralanib, tan olinmayapti», — deya qo‘shimcha qilgan u.

Belarusda prezidentlik saylovlari 2025 yil 26 yanvarda bo‘lib o‘tadi. Lukashenko 1994 yildan beri respublika prezidenti sifatida faoliyat yuritib kelmoqda va bu safar u yettinchi marta saylovlarda o‘z nomzodini ilgari suradi.

Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda saylovlar o‘tkazilishi munosabati bilan internetga cheklov joriy etish va blogerlarni taqiqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmasligini ma’lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: