Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davos forumi: dunyo siyosatchilari nimalarni gapirmoqda?
Yevropa ham Isroildagi “Temir gumbaz” kabi o‘zining havo mudofaa tizimini qurishi kerak. G‘azo sektori boshqaruvini qaysidir davlatlar emas, g‘azoliklarning o‘zi hal qilishi lozim. Tramp Eronni yanada ko‘proq siquvga oladi. Ayni kunlarda bo‘lib o‘tayotgan Davos forumida yuqori martabali siyosatchilar shu kabi bilan bayonotlari bilan e’tibor markazida turibdi.

20-24 yanvar kunlari Shveytsariyaning Davos shahrida an’anaviy Jahon iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda. Yirik anjumanda odatdagidek dunyo yetakchilari, siyosatchilar, ishbilarmonlar, fuqarolik jamiyati vakillari qatnashib, global masalalarni muhokama qilyapti. Biz forumning dastlabki ikki kunida siyosatchilar qanday bayonotlar bilan chiqqaniga e’tibor qaratamiz.
“Putin to‘xtamaydi” — Zelenskiy
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakatiga xavfsizlik kafolati uchun kamida 200 ming askar kerakligini aytdi. U bunday kuch Ukrainaga zarur xavfsizlik kafolatlarining faqat bir qismi bo‘lishini ta’kidladi. Uning aytishicha, Rossiya qurolli kuchlari askarlar sonini 1,5 million nafargacha yetkaza oladi.
“Agar Ukraina kuchli xavfsizlik kafolatlarini olmasa, Putin o‘n barobar kuchliroq armiya bilan qaytadi”, dedi Zelenskiy Davosdagi forumda.
Ukraina yetakchisining fikricha, Rossiyaning butun Yevropaga qaraganda bir necha barobar ko‘p o‘q-dori ishlab chiqarayotgani – Yevropa xavfsizligi uchun jiddiy tahdid. Zelenskiy Yevropa o‘zining “Temir gumbazi”ni yaratish kerakligini aytib, mudofaa tizimini rivojlantirishni taklif qildi. U, shuningdek, Ukrainadagi qurol ishlab chiqarishning o‘sishini ijobiy yutuq sifatida ko‘rsatdi va jang maydonida ishlatilayotgan qurollarning 40 foizi mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilganini qayd etdi.
Ukraina prezidenti tinchlik muzokaralari haqida so‘z yuritarkan, urushni tez yakunlash emas, balki adolatli yakunlash muhimligini ta’kidladi. U Ukraina armiyasini qisqartirish va NATOga a’zo bo‘lishiga taqiq qo‘yish kabi Moskva ilgari surayotgan talablarga rozi bo‘lmasligini eslatdi. Ha, urushni tugatishni va’da qilayotgan Trampga oson bo‘lmaydi.
“Tramp Eronga bosimni kuchaytiradi”
Forumda Yaqin Sharq borasida ham bayonotlar yangradi. Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farhon Ol Saud AQShda hokimiyatga kelgan Donald Trampning tinchlikparvar siyosat olib borishiga umid bildirdi.
“Men AQShning yangi ma’muriyatini urush xavfiga hissa qo‘shayotganini ko‘rmayapman. Aksincha, prezident Tramp mojarolarni yoqtirmasligini aniq aytdi”, – degan u.
Saudiya diplomatiyasi rahbari nafaqat Eron–Isroil qarama-qarshiligi, umuman mintaqadagi har qanday urushning oldini olish muhimligini qayd etdi.
Qatar bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy G‘azodagi sulh haqida fikr bildirarkan, Tramp va uning Yaqin Sharq bo‘yicha vakili Stiv Uitkoffning hal qiluvchi kelishuvga erishishdagi sezilarli xizmatlarini e’tirof etdi.
Qatar bosh vaziri G‘azo sektori boshqaruvini qaysidir davlatlar emas, g‘azoliklarning o‘zi hal qilishi kerakligini aytdi. Eslatib o‘tamiz, urushdan keyin G‘azo qanday boshqarilishi Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulhda nazarda tutilmagan.
Isroil prezidenti Itsxak Gersog ham Davosda bo‘lib, dushanba kuni qasamyod qilgan Trampning “kun tartibidagi asosiy masala” Eron bo‘lishini aytdi. Gersog jurnalist Farid Zakariya bilan suhbatda Tehrondagi rejim “hozir ham kun-u tun yadroviy bomba sari ildamlayotgani”ni da’vo qildi.
Shols va Mask aytishuvi
Germaniya kansleri Olaf Shols seshanba kuni amerikalik milliarder Ilon Maskning Donald Tramp inauguratsiyasi tantanalari chog‘ida shov-shuvga sabab bo‘lgan qo‘l ishorasidan bir kun o‘tib, so‘z erkinligi o‘ta o‘ng qarashlar uchun qo‘llansa, uni qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi.
“Bizda, Yevropa va Germaniyada so‘z erkinligi bor. Har kim xohlagan narsasini gapirishi mumkin, hatto u milliarder bo‘lsa ham. Lekin bu o‘ta o‘ng pozitsiyalarni qo‘llab-quvvatlasa, uni qabul qilmaymiz”, – dedi kansler Shols.
NormuhammadAli Abdurahmonov tayyorladi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Bolalarga zo‘ravonlik holatlarini aniqlash va ularni himoya qilish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 18:36
-
Farg‘onada og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandi
O‘zbekiston | 18:32
-
Rossiyaning benzin eksportiga taqiqi O‘zbekistonga ta’sir qilmasligi aytildi
Iqtisodiyot | 17:58
Mavzuga oid

16:37
Tramp endi Putin bilan suhbatlashishdan manfaatdor emasligini aytdi

15:20
Rossiya avgustdan Ukraina bilan chegaradagi 20 ta o‘tish joyini yopadi

13:39
Rostov viloyatida Ukraina dronlari hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

10:42