Turkiyada terakt sodir qilgan O‘zbekiston fuqarosiga 40 ta umrbod qamoq jazosi tasdiqlandi

Jahon 20:43 4255

Turkiya Oliy sudi 2017 yilda Istanbuldagi tungi klubga hujum uyushtirgan shaxsga chiqarilgan 40 umrlik qamoq jazosini o‘z kuchida qoldirdi. Bu haqda CNN Turk xabar berdi.

Sud asli o‘zbekistonlik, mahkum Abduqodir Masharipovning arizasini ko‘rib chiqib, hukm qonunga zid emas, degan qarorga keldi.

2020 yilda u 39 kishini qasddan o‘ldirishda va 79 kishini o‘ldirishga suiqasdda aybdor deb topilib, har bir modda bo‘yicha 40 ta umrbod va 1368 yil qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Istanbulning O‘rtako‘y tumanidagi «Reina» tungi klubiga hujum 2017 yil 1 yanvarida sodir bo‘ldi. Terrorchi klub darvozasi oldida bir politsiyachini o‘ldirgan, so‘ng olomonga qarata avtomatdan o‘q uzgan. Hujum sodir bo‘lgan vaqtda tungi klubda 700-800 kishi bo‘lgan. Bir necha kishi qochish uchun dengizga sakragan. Hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.

Ko‘proq yangiliklar: