Suriya Rossiya bilan Tartus porti shartnomasini bekor qildi
Rossiyaning «Stroytransgaz» kompaniyasi bilan investitsiya shartnomasi 49 yil muddatga tuzilgan edi.

Suriya hukumati Rossiya kompaniyasi bilan Tartus dengiz portini boshqarish bo‘yicha kelishuvni bekor qildi. Bu haqda Tartus provinsiyasi bojxona departamenti direktori Riyoz Judiy Al Watan gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Rossiya kompaniyasi bilan Tartus portiga investitsiyalar bo‘yicha kelishuv bekor qilindi. Port faoliyatidan tushgan barcha daromadlar Suriya davlati manfaatlariga yo‘naltiriladi», dedi Judiy.
Rossiyaning «Stroytransgaz» kompaniyasi bilan investitsiya shartnomasi 2019 yilda 49 yil muddatga tuzilgan edi. Suriyaning sobiq transport vaziri Ali Hamud so‘zlariga ko‘ra, hujjat portni boshqarish va uni modernizatsiya qilishga Rossiya tomonidan 500 million dollardan ortiq sarmoya kiritishni nazarda tutgan.
Tartus Suriyadagi ikkinchi yirik dengiz portidir. U yerda Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining logistika markazi joylashgan. Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov 12 dekabr kuni Rossiya Suriyadagi harbiy bazalarini saqlab qolishni kutayotganini aytgan edi.
Mavzuga oid

17:50 / 10.03.2025
Suriyada alaviylar qirg‘ini: ash-Shar’a aybdorlarni jazolashga va’da bermoqda

16:19 / 09.03.2025
Suriyada ikki kunlik to‘qnashuvlar oqibatida mingdan ortiq odam halok bo‘ldi

18:48 / 08.03.2025
Suriyada notinchlik – ijtimoiy tarmoqlarda odamlarning ommaviy qirg‘ini videolari tarqaldi

08:20 / 08.03.2025