Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan pulli xizmatlar ko‘rsatiladi

O‘zbekiston 19:38 844

“O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan pulli xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizom Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida shartnoma asosida pulli xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Institut quyidagi faoliyat turlari bo‘yicha pulli xizmat ko‘rsatadi:

  • ekspertlik faoliyati;
  • ilmiy-tadqiqot faoliyati;
  • noshirlik faoliyati;
  • matbaa faoliyati.

Buyurtmachi xizmat ko‘rsatishni so‘rab institutga yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.

Institutga murojaat kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida buyurtmachi va institut o‘rtasida ikki nusxada xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuziladi.

Xizmatlar preyskuranti (narxlari) institut tomonidan bozor kon’yunkturasidan kelib chiqqan holda tasdiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil yanvarda prezident farmoni bilan Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etilgandi. Institut kriminologik faoliyatni ilmiy va ekspertlik jihatdan ta’minlashga ixtisoslashgan, Ichki ishlar vazirligi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega, respublika ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: