Koinotda 33 ming km/soat tezlikdagi shamol qayd etildi - bu rekord ko‘rsatkich
Eng kuchli shamol oqimlari WASP-127b ekzosayyorasida aniqlangan.

Foto: eso.org
Xalqaro astronomlar guruhi ekzosayyora atmosferasida hozirgacha qayd etilgan eng tez shamol oqimlarini aniqladi. WASP-127b ekvatorida ularning tezligi soatiga 33 ming kilometrga yetadi. Kashfiyot Yevropa janubiy observatoriyasi tomonidan e’lon qilindi.
WASP-127b — 2016 yilda kashf etilgan gaz giganti. Bu sayyora Yerdan 500 yorug‘lik yilidan ham uzoqroq masofada joylashgan bo‘lib, uning o‘lchami Yupiterdan biroz kattaroq, ammo zichligi ancha past. Ilmiy guruh ushbu obekt atmosferasida sayyoraning aylanish tezligidan deyarli olti barobar tezroq esayotgan shamollarni aniqladi.
Gettingen universiteti tadqiqot rahbari Liza Nortmanning aytishicha, WASP-127b sayyorasida kuzatilgan taxminan 9 km/sekund (yoki 33 ming km/soat) tezlikdagi shamol eng tez shamol hisoblanadi.
“Biz bunday hodisani ilgari hech qachon kuzatmaganmiz”, — deb qo‘shimcha qildi u.
Taqqoslash uchun, Quyosh tizimidagi eng kuchli shamol Neptunda qayd etilgandi — u atigi 0,5 km/sekund (1,8 ming km/soat) tezlikka chiqqan.
Tadqiqot Chilidagi “Ulkan teleskop” deb ataladigan CRIRES+ spektrografi yordamida olib borildi. Olimlar WASP-127b sayyorasi atmosferasining yuqori qatlamlaridan o‘tayotgan yulduz yorug‘ligini tahlil qilib, uning tarkibini aniqladi. Shundan so‘ng, ular sayyorada tovushdan tez esuvchi shamollar mavjudligini kashf etdi.
Mavzuga oid

12:31 / 03.03.2025
Beruniyda kuchli shamol ko‘p qavatli uyning tomini uchirib yubordi

15:11 / 27.02.2025
Olimlar 1-tur diabetni butunlay davolash yo‘lini topdi

12:07 / 22.02.2025
Yaponiyalik olimlar hidlarni aniqlay oladigan dron yaratdi

15:15 / 19.02.2025