Abdusalom Azizov O‘FA rahbarligidan ketdi

O‘zbekiston 19:43 / 21.01.2025 9353

22 fevral kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari saylov Kongressi bo‘lib o‘tadi.

«Assotsiatsiya nizomiga binoan, Kongress o‘tkazilgunga qadar O‘FA prezidenti vazifalari O‘FA birinchi vitse-prezidenti zimmasiga yuklatiladi», – deyiladi tashkilot xabarida.

Abdusalom Azizov O‘FAni 2019 yil 15 iyuldan buyon boshqarib kelayotgandi.

U 2017 yil yanvar–sentabr oylarida ichki ishlar vaziri, 2017 yil sentabrdan 2019 yil fevralgacha mudofaa vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan, shundan keyin 5 yil davomida Davlat xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilib, 2024 yil noyabr oyi oxirida ishdan olingandi.

Dekabr oyida u O‘zbekiston prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi (Ruslanbek Davletov)ning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ko‘proq yangiliklar: