Video: Boysundagi M25 koni joylashgan hududda olovli maydonlar yuzaga kelgan
Surxondaryodagi “Mustaqillikning 25 yilligi” koni atrofidan suratga olinib Kun.uz'ga yuborilgan videodan ko‘rinishicha, kondan chiqayotgan gaz hududda bir nechta olovli maydonlarni hosil qilgan. Mahalliy aholiga ko‘ra, gaz chiqishi oqibatida yopilgan yirik quduq atrofida o‘nlab tirqishlar paydo bo‘lib, ular yondirib qo‘yilgan.

Kun.uz'ga jo‘natilgan videodan kadrlar
Kun.uz'ga Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konidan olingan videotasvirlar kelib tushdi. 18 yanvarda olingani aytilgan tasvirlarga ko‘ra, hududda yong‘inli dara paydo bo‘lgan.
“Yopilgan quduq atrofidan shunday kichik-kichik “buloqcha”lar [ochilib], undan gaz sizib chiqqan, keyin yondirib qo‘yilgan. Bizga neft sizib chiqyapti deb bahona qilishyapti, yanayam anig‘ini bilish mushkul. Lekin bizga hidi kelmayapti. Rasmiylar anchadan beri jim, va’dalar berishgan edi”, – deydi kon yaqinida yashovchi fuqarolardan biri.
Yana bir fuqaroga ko‘ra, vaziyatni nazorat qilish uchun har bir “buloqcha” yoniga nazoratchilar qo‘yilgan.
“Gaz chiqayotgan har bir “buloqcha”larga nazorat qilish uchun bitta-bitta odam qo‘yilgan, 100 gektar bo‘lsa, qariyb 18-19 ta kichik-kichik joyidan gaz chiqyapti, 1-2 tasi katta-katta quduqlar”, – deydi u.
Kun.uz holat yuzasidan Energetika vazirligiga murojaat qildi. Vazirlik matbuot xizmati so‘rovni hozircha javobsiz qoldirmoqda.
M25 konini o‘zlashtirish bo‘yicha 2017 yilda boshlangan ishlar 2024 yil 1 sentabr kungi avariyadan keyin to‘xtab qolgan edi. O‘shanda kon atrofida yashovchi aholi ko‘chirilgan.
17 sentabr kungi takroriy avariyada pudratchi kompaniya – Eriell'ning 4 xodimi halok bo‘lgandi.
Kun.uz 9 noyabr kuni konda navbatdagi portlash kuzatilgani, shundan keyin yirik yong‘in chiqib, badbo‘y hid kamaygani haqida xabar bergandi.
Noyabr oyi boshida energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov konni jilovlash uzog‘i 2-3 oy vaqt olishi mumkinligini aytgan edi.
Mavzuga oid

18:37 / 28.02.2025
“Xalqning ichida qo‘rquv bor” – kofrunliklar hamon xavotirda yashamoqda

21:40 / 20.01.2025
Energetika vazirligi: Boysundagi M25 konida to‘plangan gazni xavfsiz yoqish ishlari olib borilmoqda

16:00 / 23.11.2024
“Prezidentimiz, odamlar ko‘chishga rozimi-rozimasmi, dedilar” – Abdulla Aripov Boysunda bo‘lib qaytdi

19:44 / 19.11.2024