Yo‘l qurilishi bo‘yicha buyurtma olib berish evaziga 50 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Jamiyat 19:46 / 19.11.2024 3366

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan yo‘l qurilishi bo‘yicha buyurtma olib berish uchun 50 ming AQSh dollari talab qilgan shaxs ushlandi.

Qayd etilishicha, yo‘l qurilishi hamda ta’mirlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari N.Sh. o‘zganing ishonchiga kirib, unga Toshkent—Boysun avtoyo‘lini qurish va ta’mirlash loyihasi bo‘yicha tender g‘olibi bo‘lgan xorijiy kompaniyaning qiymati 500 ming dollarlik qurilish ishlarini bajarish bo‘yicha buyurtmasini olib berishni va’da qilgan. Buning evaziga u buyurtma qiymatining 10 foizini, ya’ni 50 ming dollarni olgan vaqtida DXX hamda Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan ushlangan.

«Ta’kidlash lozimki, u muqaddam bir necha marotaba sudlangan bo‘lishiga qaramasdan, o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan», — deyiladi xabarda.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: