FVV respublika qutqaruv markaziga yangi boshliq tayinlandi
Polkovnik Abdurazzoq Abduxoliqov FVV Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Markazning sobiq boshlig‘i Ismoil Sharipov esa «NKMK» va «Navoiyuran» yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markaziga o‘tkazildi.

FVV axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, tayinlovga qadar Abdurazzoq Abduxoliqov Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan. U 2018 yilda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasini ham boshqargan.
Ayni vaqtga qadar Respublika qutqaruv markazi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Ismoil Sharipov esa «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ va «Navoiyuran» DK obektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markaziga boshliq etib tayinlangan.
Shuningdek, favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Shukrullo Ayubov Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar u FVV Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid

13:28 / 09.03.2025
FVV gaz ta’minoti o‘chib qayta yonganda qanday ish tutish bo‘yicha muhim qo‘llanmani eslatdi

10:52 / 05.03.2025
Shavkat Mirziyoyev FVV rahbari nega ishdan olinganini aytdi

19:26 / 04.03.2025
FVVning yangi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

12:18 / 11.02.2025