Shavkat Mirziyoyev FVV rahbari nega ishdan olinganini aytdi
O‘tgan hafta favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev, shuningdek uning o‘rinbosarlari Shuhrat Jo‘rayev hamda Xurshid Aliboyev ishdan olingan.

Foto: Kun.uz
Favqulodda vaziyatlar vaziri va uning o‘rinbosarlari qurilishga ruxsat berish, binoni topshirishda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha byurokratiya va qonun buzilish ko‘payib ketgani uchun ishdan olingan. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida aytib o‘tdi.
«Korrupsiyani tag-tomiri bilan quritish uchun avvalo inson omili va qog‘ozbozlikni kamaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Masalan, aholiga yer berish jarayonida fuqarolar hokim va o‘nga yaqin idoralar o‘rtasida sarson bo‘lib yurardi. Umuman, bu soha korrupsiya “o‘chog‘i”ga aylangan edi.
Yerni hokim qarori bilan ajratishdan to‘liq voz kechilib, auksion tizimiga o‘tilgani natijasida bu tizim xalqchil bo‘ldi.
Qurilish sohasi eng korrupsiyalashgan sohalardan biri edi. “Shaffof qurilish” dasturi joriy etilganidan keyin bu yo‘nalishda ham ijobiy o‘zgarishlar sezilmoqda.
Ilgari investitsiya dasturiga kirgan obektlarni quradigan pudratchilar mingtaga ham yetmasdi. O‘tgan yili 13,5 mingta obekt qurilishida 4 mingdan ziyod pudratchi ishtirok etdi. Soha raqamlashgani hisobiga o‘tgan 4 yilda 3,6 trillion so‘m budjet mablag‘i tejaldi.
Lekin qurilishga ruxsat berish, binoni topshirishda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha byurokratiya va qonun buzilish ko‘payib ketgani uchun o‘tgan hafta favqulodda vaziyatlar vaziri va uning o‘rinbosarlari ishdan olindi», deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.
2025 yil fevral oyi oxirida Abdulla Qo‘ldoshev FVV rahbari lavozimini tark etdi. U 2018 yildan favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida amalda vazirlik rahbari hisoblangan, 2022 yil martida rasman vazir lavozimiga tasdiqlangandi. Uning o‘rnini harbiy prokuror Botir Qudratxo‘jayev egalladi.
4 mart kuni esa yangi vazirga o‘rinbosarlar tayinlandi: Xurshid Sotiyev FV profilaktikasi bo‘yicha, Nuriddin Qodirov kadrlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha vazir o‘rinbosari lavozimlarida ish boshlagan.
Favqulodda vaziyatlar vazirining qurilish va muhandislik muhofaza ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi hozircha bo‘sh qolmoqda. Bu lavozimda 2018 yil avgustidan buyon Shuhrat Jo‘rayev ishlab kelayotgandi.
Shuningdek, 2023 yil mayida favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Xurshid Aliboyev endi o‘rinbosarlar ro‘yxatida yo‘q. Vazirlikning oldingi rahbariyatidan faqat bir kishi – 2023 yil mayidan buyon FVV rahbari birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Sanjar Zuparov qolgan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Meksika Google korporatsiyasini sudga berdi
Jahon | 00:27
-
“Harvard bu raundni yutdi”: universitet AQSh ta’lim vazirining xatolarga to‘la xatini tekshirib, o‘ziga qaytarib yubordi
Jahon | 00:01
-
Britaniyada uchuvchi o‘ng va chapni adashtirib yuborgani uchun samolyotda yong‘in chiqdi
Jahon | 23:57 / 09.05.2025
-
Tramp boylar uchun soliqni oshirish taklifini berdi
Jahon | 23:06 / 09.05.2025
Mavzuga oid

09:15 / 05.05.2025
Hokimlikka nomzodlar korrupsiyaga qarshi rejalarini taqdim etishi majburiy bo‘ladi

17:00 / 03.05.2025
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan quruvchilar qutqarildi

15:26 / 29.04.2025
Davlat xizmatchilarining mol-mulkini deklaratsiyalash bo‘yicha qonun loyihasi may oyida tayyor bo‘lishi kerak

21:57 / 26.04.2025