Uchrashuvda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlik, jumladan, hududlararo sheriklik aloqalari ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama qilindi, istiqbolli qo‘shma loyihalarni hayotga tadbiq etish imkoniyatlari o‘rganildi.
Tadbirda savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, turizm, madaniyat, ilm-fan, ta’lim va boshqa sohalardagi sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston shaharlaridan biri va Maharashtra shtati ma’muriy markazi - Mumbay shahri o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatishga oid takliflar ishlab chiqish bo‘yicha kelishib oldi.