Jizzaxda kafeda sodir bo‘lgan janjal yuzasidan ma’lumot berildi
Viloyat IIBning ma’lum qilishicha, voqea 2024 yil avgustda yuz bergan. Janjal xo‘randalar yeyilgan taom uchun haq to‘lamagani ortidan kelib chiqqan.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqda Jizzax shahridagi ovqatlanish shoxobchasida mushtlashuv ro‘y berganligiga oid videotasvirlar tarqaldi. Jizzax viloyati IIB holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2024 yilning 23 avgustida Do‘stlik mahallasidagi kafeda Jizzax shahri, Forish hamda Zomin tumanlarida yashovchi O.O., O.Q., X.X., D.T, J.Q. va X.D. o‘rtasida janjal yuz bergan. Oqibatda Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi X.D. bir qator tan jarohatlari olgan.
O‘z navbatida, 5 nafar ayblanuvchi qo‘lga olinib, jabrlanuvchi sud tibbiy ekspertizasidan o‘tkazilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi «i» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bugunda tergov harakatlari yakunlangan bo‘lib, jinoyat ishi tegishli sud organida ko‘rib chiqilishi uchun prokuraturaga yuborilgan.
Kelishmovchilik Jizzax shahrining Xalqobod mahallasida istiqomat qiluvchi X.D. va sheriklarining yeyilgan taom uchun haq to‘lamaganliklari hamda kafe xizmatchilarini haqorat qilganliklari ortidan kelib chiqqan.
Mavzuga oid

09:51 / 09.03.2025
Uchta viloyatda “valyutchiklar” ushlandi

10:15 / 04.03.2025
O‘zgalar nomiga akkaunt ochib, ularning tanishidan pul undirgan talaba ushlandi

14:54 / 23.02.2025
Uchta hududda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi fosh etildi

00:21 / 20.02.2025