Holand «Manchester Siti» bilan kelishuvni 2034 yilga qadar uzaytirdi

Sport 14:41 1410

Klub rasmiy sayti 24 yoshli norvegiyalik goleador bilan 9,5 yillik shartnoma imzolanganini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Erling 2034 yilning 30 iyun kuniga qadar «Manchester Siti» sharafini himoya qiladi.

«Yangi shartnoma imzolagandan juda xursandman va bu ajoyib klubda yana ko‘proq vaqt o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘laman.

«Manchester Siti» — o‘zgacha klub, bu yerda ajoyib insonlar va fantastik muxlislar bor. Bunday muhitda har bir futbolchi o‘zining eng yaxshi qirralarini namoyon etishni istaydi.

Shuningdek, men Pepga, uning murabbiylar shtabiga, jamoadoshlarimga va klubdagi hammaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Chunki so‘nggi ikki yil ichida ular menga juda katta yordam berishdi. Endi men «Siti»ning ajralmas qismiman. Men rivojlanishda davom etishni, o‘z ustimda ishlashni va kelajakda ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishish uchun qo‘limdan kelgan barcha narsani qilaman», - deydi Holand.

Ko‘proq yangiliklar: