200 nafar tadbirkor xalqaro moliya bozoridan 2 mlrd dollar jalb qilishga tayyorlanadi

O‘zbekiston 11:04 1447

Prezident raisligida investitsiyalarni keng jalb etish va eksportni oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Ilg‘or korxonalar mustaqil ravishda tashqi bozorlarga chiqib, to‘g‘ridan to‘g‘ri mablag‘ olib kelishni boshlagan.

Savdo-sanoat palatasida Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga ko‘maklashish markazi tashkil qilindi.

Yil yakunigacha kamida 200 nafar tadbirkorni xalqaro moliya bozoridan 2 milliard dollar jalb qilishga tayyorlash muhimligi ta’kidlandi.  

Shuningdek, bu yil OKMK 1 milliard, NKMK 500 million, “Navoiyuran” va “O‘zmetkombinat” har biri 300 million dollarlik yevrobond joylashtirishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi ham xalqaro reyting olib, tashqi bozordan jami 700 million dollar olib kelishi muhimligi ta’kidlandi.

2025 yil uchun 2 milliard dollar grant olish bo‘yicha har bir vazirlik, tarmoq va hududlarning rejalarini shakllantirish topshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: