Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyada dunyodagi eng yirik akkumulyator zavodlaridan birida yong‘in chiqdi
Moss Landing Power Plant elektr stansiyasida kuchli yong‘in boshlandi. Rasmiylar hozirga qadar 1,5 ming kishini evakuatsiya qildi.

Foto: Doug Duran/Bay Area News Group
Kaliforniyadagi Moss Landing Power Plant elektr stansiyasida 16 yanvar kuni kuchli yong‘in boshlandi. Elektr stansiyasida dunyodagi eng yirik energiya to‘plagich joylashgan — akkumulyatorlarning umumiy quvvati 750 megavattni tashkil etadi.
Qayd etilishicha, yong‘in 300 megavattli saqlagichlar joylashgan binodan boshlangan. Ushbu yong‘in ulkan akkumulyatorlarning yonib ketishi ehtimoli sabab juda xavfli hisoblanadi. Hudud rasmiylari hozircha 1,5 ming kishini evakuatsiya qilgan, shuningdek, bino yaqinidan o‘tuvchi Highway 1 shossesini yopib qo‘ygan.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in bir kun oldin boshlangan bo‘lsa-da, alanga kuchi so‘nmagan, elektr stansiyasi atrofini qora tutun qoplagan. Moss Landing Power Plant stansiyasi Vistra energetika kompaniyasiga tegishli. 2020 va 2021 yillarda ham elektr stansiyasi hududida yong‘inlar yuz bergan, ammo ular tezda o‘chirilgan edi.
Hozirda yuz berayotgan yong‘in nima sababdan yuzaga kelgani ma’lum qilinmadi. Vistra’ga ko‘ra, yong‘in boshlanishi bilan elektr stansiyasi xodimlari evakuatsiya qilingan va u o‘chirilishi bilan tergov harakatlari boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. Hozirga qadar yong‘inlar oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘lgan. AQSh prezidenti Jo Bayden Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari qurbonlariga federal yordam ko‘rsatish uchun ushbu yerlarni falokat hududi deb e’lon qilgan.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
-
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:14 / 29.07.2025
-
Toshkent viloyati IIBB va Samarqand viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi
O‘zbekiston | 23:00 / 29.07.2025
Mavzuga oid

18:21 / 29.07.2025
Turkiyada yuqori harorat tufayli yirik o‘rmon yong‘inlari – fotosuratlar

09:58 / 29.07.2025
Andijonda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasidagi yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi

23:23 / 27.07.2025
Bolqon olov ichida qoldi

16:43 / 26.07.2025