Kaliforniyada dahshatli o‘rmon yong‘inlari - fotosuratlar

Jahon 13:35 / 08.01.2025 3526

Kaliforniya hukumati Los-Anjyeles g‘arbidagi bir necha tumanni qamrab olgan o‘rmon yong‘inlari tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qildi. Aholiga evakuatsiya bo‘lish buyurilgan.

Yong‘in 7 yanvar kuni Santa-Monika va Malibu oralig‘ida, sohildagi Pasifik-Paliseyds hududida boshlangan. Uning maydoni 1182 gektarni tashkil etmoqda. Olov turar joylarni yakson qilmoqda, o‘tni o‘chirish uchun vertolyotlar jalb etilgan.

30 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilinishi ko‘zda tutilgan. Yo‘llarda tirbandliklar yuzaga kelgan, shu tufayli ayrimlar avtomobillarini qoldirib, hududni piyoda tark etmoqda. Olov yo‘llargacha chiqqani tufayli odamlar plyajda jon saqlamoqda.

Mahalliy rasmiylar matbuot anjumanida 10 mingga yaqin uy xavf ostida ekanini ma’lum qilgan.

Pasifik-Paliseyds hududida Hollivudning bir necha yulduzlari yashaydi, masalan, Ben Afflekning uyi shu yerda joylashgan. NBC News xabariga ko‘ra, yong‘in tufayli AQSh vitse-prezidenti Kamala Harrisning qarorgohi ham evakuatsiya zonasida qolgan. Aktyor Jyeyms Vuds olov ichida qolgan hududdan evakuatsiya jarayoni aks etgan videoni e’lon qilgan.

Los-Anjyeles o‘t o‘chirish xizmati rahbari Kristin Krouli evakuatsiya shoshilinch va tartibsiz olib borilganiga qaramay, tabiiy ofatdan jarohatlanganlar yo‘qligini bildirgan.

Kaliforniya shtati gubernatori Gevin Nyusom ko‘plab binolar allaqachon olov domida qolganini aytgan. Kaliforniya janubidagi boshqa hududlariga ham yangi yong‘in o‘choqlari paydo bo‘lishi xavfi tufayli o‘t o‘chiruvchilar joylashtirilgan. 

Kaliforniyaning boshqa qismida, Los-Anjyelesdan 50 kilometr masofada yana bir yong‘in o‘chog‘i yuzaga kelgan, olov 160 gektar hududni qamrab olgan. Los-Anjyeles okrugida 96 000 kishi elektr ta’minotidan uzilgan.

Yong‘in tufayli AQSh prezidenti Jo Bayden Kaliforniyaga tashrifini bekor qilgan, u bu yerda ikkita yangi milliy yodgorlikni barpo etish marosimida ishtirok etishni rejalashtirgandi. «Men Pasifik-Paliseydsdagi dahshatli yong‘inni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan har qanday federal yordamni taklif qildim», — degan Bayden.

Rasmiylar yong‘inlar shamol tufayli kuchayishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Milliy meteorologiya xizmati ayrim hududlarda shamol tezligi soatiga 160 kilometrgacha yetishi mumkinligini aytishmoqda.

Yuqori darajali xavotirli holat payshanba kuni kechqurungacha saqlanib qolishi kutilmoqda.

Pasifik-Paliseyds hududidagi o‘rmon yong‘inlaridan ko‘tarilgan tutun ustunlari Los-Anjyelesning katta qismini qamrab oldi. 2025 yil 7 yanvar
Daniel Cole / Reuters / Scanpix / LETA
Daniel Cole / Reuters / Scanpix / LETA
Daniel Cole / Reuters / Scanpix / LETA
Pasifik-Paliseyds, 2025 yil 7 yanvar
Mario Tama / Getty Images / AFP / Scanpix / LETA
Sanset bulvaridagi evakuatsiya — bu Los-Anjyelesning asosiy ko‘chalaridan biri, 2025 yil 7 yanvar
Apu Gomes / Getty Images / AFP / Scanpix / LETA
Santa-Monika shahri aholisi evakuatsiya buyrug‘idan keyin o‘z uylarini tark etmoqda, 2025 yil 7 yanvar
Daniel Cole / Reuters / Scanpix / LETA
Los-Anjyeles, 2025 yil 7 yanvar
Etienne Laurent / AP / Scanpix / LETA
Vertolyot Los-Anjyelesda o‘rmon yong‘inlari ustiga suv sepmoqda, 2025 yil 7 yanvar
Ethan Swope / AP / Scanpix / LETA
Eugene Garcia / AP / Scanpix / LETA
Aholi olov qamrab olgan hududlarni avtomobillarda tark etmoqda. 2025 yil 7 yanvar
Ethan Swope / AP / Scanpix / LETA
Pasifik-Paliseyds, 2025 yil 7 yanvar
David Swanson / AFP / Scanpix / LETA
Pasifik-Paliseyds hududidagi spirtli ichimliklar do‘koni atrofida o‘rmon yong‘ini, 2025 yil 7 yanvar
Etienne Laurent / AP / Scanpix / LETA
Jonathan Alcorn / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Eric Thayer / Getty Images / AFP / Scanpix / LETA
Daniel Cole / Reuters / Scanpix / LETA
Ringo Chiu / Reuters / Scanpix / LETA
Ethan Swope / AP / Scanpix / LETA
Allison Dinner / EPA / Scanpix / LETA
Ethan Swope / AP / Scanpix / LETA
Pasifik-Paliseyds, 2025 yil 7 yanvar
Ethan Swope / AP / Scanpix / LETA
Pasifik-Paliseydsda o‘rmon yong‘ini oqibatida butunlay yonib ketgan uy, 2025 yil 7 yanvar
Jonathan Alcorn / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

 

Jinjyer Rojyers Bich plyaji, 2025 yil 7 yanvar
Mike Blake / Reuters / Scanpix / LETA
Ko‘proq yangiliklar: