Toshkentda havo ifloslanishini nazorat qiluvchi yana uchta avtomatik stansiya o‘rnatildi
Zamin jamg‘armasi va O‘zgidromet qo‘shma loyihasi doirasida Toshkent shahrida havo ifloslanishini nazorat qiluvchi yana uchta avtomatik stansiya ishga tushirildi.

Foto: Telegram / zaminfoundation
Toshkentda havo ifloslanishini nazorat qiluvchi uchta yangi avtomatik stansiya ishga tushirildi. Ular Zamin jamg‘armasi va O‘zgidromet agentligining «Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish» qo‘shma loyihasi doirasida o‘rnatildi.
Jamg‘arma matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda loyiha boshlanganidan buyon monitoring.meteo.uz milliy platformasining yagona ma’lumotlar bazasiga 19 ta avtomatik stansiya ulangan.
Ushbu saytda ular binafsha rangda, uchta yangi esa to‘q yashil rangda belgilangan. Xususan, bittasi «Uch qahramon» posti hududida, ikkinchisi «Zenit» zavodi hududida va uchinchisi «Yangi O‘zbekiston» bog‘i yonida o‘rnatildi.
Stansiyalar shunchaki detektor yoki datchiklar emas, balki havo ifloslanishini monitoring qilish uchun to‘liq jihozlangan laboratoriyalar hisoblanadi.
Horiba (Yaponiya/Germaniya) ishlab chiqargan ushbu stansiyalar etalon sifatida tan olingan bo‘lib, ular Finlandiya meteorologik instituti kabi yetakchi tashkilotlar tomonidan o‘z o‘lchov uskunalarini sozlash uchun qo‘llaniladi.
Mavzuga oid

12:54 / 04.03.2025
Qurilishda havoni muhofaza qilish talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik belgilandi

16:56 / 12.02.2025
Buyuk Britaniyada olti yoshli bola sayyorani qutqarish uchun 2,5 mingta plastik yig‘di

15:31 / 12.02.2025
Ekovazirlik nega issiqxonalar atrofidagi havoni toza deb o‘lchaganini izohladi

15:38 / 10.02.2025