10 yanvardan boshlab Toshkent - Xo‘jakent yo‘nalishida harakatlanuvchi tezyurar yo‘lovchi elektropoyezdlar Janubiy vokzaldan yuradi.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» kompaniyasi xabariga ko‘ra, yo‘nalish jadvali quyidagicha:
7201-sonli Toshkent janubiy - Xo‘jakent: Toshkent janubiy 06:24 - Xo‘jakent 07:43;
7202-sonli Xo‘jakent - Toshkent janubiy: Xojikent 08:20 - Toshkent janubiy 09:41;
7203-sonli Toshkent janubiy - Xo‘jakent: Toshkent janubiy 12:39 - Xo‘jakent 13:58;
7204-sonli Xo‘jakent - Toshkent janubiy: Xo‘jakent 14:33 - Toshkent janubiy 15:54;
7205-sonli Toshkent janubiy - Xo‘jakent: Toshkent janubiy 18:35 - Xo‘jakent 19:54;
7206-sonli Xo‘jakent - Toshkent janubiy: Xo‘jakent 20:23 - Toshkent janubiy 21:42;
6440-sonli Xo‘jakent - Toshkent janubiy: Xo‘jakent 06:22 - Toshkent janubiy 08:56;
6442-sonli Xo‘jakent - Toshkent janubiy: Xo‘jakent 05:20 - Toshkent janubiy 07:53.
Ushbu tezyurar elektropoyezd shu paytgacha Shimoliy vokzaldan harakatlangan.
Toshkentdan Xo‘jakentga mingdan ortiq yo‘lovchiga mo‘ljallangan yangi tezyurar elektropoyezdda yo‘l haqi kattalar uchun 20 ming so‘m, bolalar uchun 11,5 ming so‘m.