O‘zbekiston elchisi Pokistonning yirik farmatsevtika kompaniyasi bilan yangi loyihalar bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Karachi shahriga safari doirasida Pokistonning eng yirik farmatsevtika kompaniyasi – Getz Pharma rahbari Xalid Mahmud bilan uchrashib, mazkur kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishdi.

Foto: "Dunyo" AA
Muloqot chog‘ida farmatsevtika sohasida hamkorlikni kuchaytirish, qo‘shma investitsion loyihalar yo‘nalishidagi hamkorlikni davom ettirish masalalari muhokama qilindi.
Diplomatik missiya rahbari kompaniyaning saqlash ombori, xalqaro sifat va xavfsizlik talablariga binoan u yerda o‘rnatilgan o‘lchash-metrik qurilmalari, dorilarni ishlab chiqish va transportirovkaga tayyorlash bosqichlari, shuningdek, sanoat jarayonini uzluksiz monitoring qiluvchi tahlil guruhi faoliyati bilan tanishdi.
Xalid Mahmud O‘zbekistonda farmatsevtika sohasini rivojlantirish va tarmoqqa xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun xalqaro standartizatsiya tizimlarini va sertifikatsiyadan o‘tkazish tartiblarini joriy qilish zarurligini qayd etdi. Bu yo‘nalishda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Kompaniya rahbari Tashkent Pharma Park farmatsevtika klasteri hududida biotexnologik dori vositalarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishga kirishilganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid

12:29 / 03.03.2025
Pokiston to‘qimachilik korxonasi O‘zbekistonda qo‘shma loyihani amalga oshiradi

16:30 / 26.02.2025
O‘zbekiston prezidenti va Pokiston bosh vaziri qo‘shma biznes forumida ishtirok etdi

16:28 / 26.02.2025
O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari sermahsul muzokaralar yakunini sarhisob qildi

15:35 / 26.02.2025