NASA Marsni o‘rganishga mo‘ljallangan yangi vertolyotni namoyish etdi
NASA Qizil sayyorani o‘rganishda inqilob yasaydigan Mars vertolyotlarining yangi avlodini ishlab chiqmoqda.

2021 yil 19 aprel Marsni o‘zlashtirish tarixidagi muhim kunga aylangandi — shu kuni Ingenuity vertolyoti o‘zining ilk boshqariladigan parvozini amalga oshirdi. Quyosh batareyalari bilan jihozlangan kichik apparat muhandislik innovatsiyasining timsoli bo‘lib, Mars atmosferasi sharoitida parvoz qilish mumkinligini isbotladi.
Dastlab, Ingenuity missiyasi tajriba sifatida ishlab chiqilgan: u 30 kun ichida atigi beshta parvozni amalga oshirishi kerak edi. Biroq vertolyot salkam uch yil ichida 72 ta parvozni amalga oshirib, kutilganidan yuqori natija berdi. U Perseverance marsoxodi uchun havo razvedkachisiga aylanib, Mars relefi va atmosferasi haqida qimmatli ma’lumotlar taqdim etdi. Ingenuity o‘z missiyasi davomida 24 metr balandlikka ko‘tarildi, soatiga 36 kilometrgacha tezlikka chiqdi va bir parvozda 705 metr masofani bosib o‘tdi. Ushbu missiya Yerdan tashqaridagi tadqiqotlar uchun aviatsiyadan foydalanish imkoniyatini o‘rganishda muhim bosqich bo‘ldi.
Endi NASA o‘z e’tiborini yangi vertolyot qurishga qaratmoqda. Bu vertolyot Ingenuity bilan taqqoslaganda ancha kattaroq va ko‘proq vazifalarni bajarishga qodir bo‘ladi. Hozircha boshlang‘ich bosqichda turgan loyihada oltita rotor oltiburchak shaklida joylashtiriladi, apparatning o‘lchamlari yengil mashina kattaligicha bo‘ladi. Yangi vertolyot Mars kunida 5 kilogrammgacha ilmiy asbob-uskunalarni ko‘tarib, 3 kilometrgacha masofani bosib o‘tadi. Ushbu xususiyatlar tufayli apparat yanada chuqur tadqiqotlar o‘tkazishi, landshaftning murakkab qismlarini va marsxodlar kira olmaydigan hududlarni o‘rganishi mumkin.
Biroq vertolyotlarning yangi avlodini yaratish bir qator qiyinchiliklar bilan kechmoqda. Ingenuity apparatini ishlatish to‘rt tomoni bir xil bo‘lgan hududlarda yo‘nalish topish bilan bog‘liq muammolarni yuzaga chiqardi. Masalan, Ezero kraterining qumtepaliklar bilan qoplangan yuzasi vertolyotning vizual navigatsiya tizimi ishini qiyinlashtirdi. Bu to‘siqni yengish uchun yangi qurilma Mars yuzasining turli xil landshaftlari bilan ishlay oladigan takomillashtirilgan navigatsiya tizimlariga ega bo‘ladi.
NASA reaktiv harakat laboratoriyasining muhandislari yangi texnologiyalarni ishlab chiqmoqda, xususan, uglerod tolasidan tayyorlangan uzunroq va samaraliroq rotor parraklari shular jumlasidan. Bunday parraklarning uzunligi Ingenuity’nikidan 10 santimetr ortiq bo‘lib, ular daqiqasiga 3500 marta aylanish bo‘yicha muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan. Bu ko‘rsatkich Ingenuity’ning maksimal parametrlaridan ancha yuqori hisoblanadi. Yangi konstruksiya Marsning siyrak atmosferasida parvoz samaradorligini oshiradi, natijada vertolyotlar yanada kuchliroq va ko‘proq vazifalarni bajara oladigan bo‘ladi.
Insoniyat Mars sayyorasini o‘zlashtirishga intilayotgan bir paytda, bunday havo apparatlari missiyalarning ajralmas qismiga aylanishi mumkin. Ular qo‘nish joylarini tekshirish, sirtni to‘liq o‘rganish va hatto kelajakdagi astronavtlarga yordam ko‘rsatish kabi vazifalarni bajarishi mumkin. Yangi Mars vertolyotlarining yaratilishi kosmik texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron tashqi ishlar vaziri Arag‘chi Moskvaga tashrif buyuradi
Jahon | 12:30
-
Farg‘onada Ulsan-O‘zbekiston kemasozlik bo‘yicha o‘qitish markazi ochiladi
Iqtisodiyot | 12:20
-
Yevroittifoq falastinliklarga yordam uchun 1,6 mlrd yevro ajratdi
Jahon | 12:10
-
Ichimlik suvi va kanalizatsiya: raqamlar yaxshilanyapti, lekin ular qanchalik haqqoniy?
O‘zbekiston | 12:07
Mavzuga oid

23:45 / 13.04.2025
Tramp kosmik tadqiqotlar budjetini ikki barobarga qisqartirishga qaror qildi

08:55 / 11.04.2025
Nyu-Yorkda vertolyot daryoga quladi, olti kishi halok bo‘ldi

17:51 / 03.04.2025
NASA YR4 asteroidining Oy bilan to‘qnashish xavfini yuqori baholadi

01:07 / 03.04.2025