AQSh saylangan prezidenti Donald Tramp lavozimga kirishgan kunidayoq «transgender ahmoqlikni to‘xtatishga» va’da berdi, chunki respublikachilar Kongressning ikkala palatasini va Oq uyni nazorat qiladi, deb xabar berdi «Amerika Ovozi».
«Men bolalarning jinsiy mayib qilinishiga chek qo‘yish, harbiylar hamda boshlang‘ich, o‘rta maktablarda transgender siyosatiga barham berish to‘g‘risidagi buyruqni imzolayman», dedi Tramp Arizona shtatining Feniks shahrida yosh konservatorlar uchun o‘tkazilgan tadbirda.
U, shuningdek, «erkaklarni ayollar sportiga yaqinlashtirmaslikka» va’da berdi va «AQSh hukumati faqat ikki jins — erkak va ayolni rasman tan olishini» qo‘shimcha qildi.
AP VoteCast so‘roviga ko‘ra, 120 mingdan ortiq amerikaliklar transgenderlarning huquqlarini hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va ularni jamoatchilik tomonidan qabul qilinishini «haddan tashqari oshib ketgan» deb hisoblaydi. Ularning aksariyati Donald Tramp tarafdorlari.
Trampning birinchi prezidentlik muddati davomida Oq uy «jins» ta’rifini «biologik jins» deb talqin qilgan bo‘lsa, Jo Bayden ma’muriyati buni «gender identifikatori» deb talqin qilgan.