2024 yilning eng omadsiz valutasi ma’lum qilindi

Jahon 22:21 / 23.12.2024 3394

Bu inqirozning sababi – iqtisodiy noaniqlik, ziddiyatli siyosat va investorlarning ishonchsizligiga bog‘liq, deb yozadi The Economist.

Prezident Lula da Silva boshchiligidagi hukumat xarajatlarni kamaytirish uchun choralar ko‘rdi, jumladan, davlat xodimlari uchun ish haqi cheklovlarini joriy etdi. Lekin, shu bilan birga, kam daromadli va o‘rta daromadli aholi uchun soliq imtiyozlari va’da qilindi. Investorlar esa bu harakatlarni hukumatning moliyaviy intizomga jiddiy yondashmagani sifatida baholashdi. Bu holat, xususan, Braziliyaning budjet tanqisligi (YaIMning 10 foiziga yaqin) va davlat qarzi (YaIMning 90 foizi) fonida kuchaydi. Natijada, moliya bozorlarida sarosima yuzaga keldi.

Braziliya Markaziy banki vaziyatni barqarorlashtirishga harakat qildi: sentabrdan beri uch marta foiz stavkalari oshirildi, 3 milliard dollardan ortiq zaxiralar ishlatildi, lekin bu choralar natija bermadi. Hozirga kelib, ikki yillik davlat obligatsiyalarining daromadliligi 15 foizdan oshgan, bu esa investorlarning jiddiy xavotirini ko‘rsatadi.

Ekspertlarning fikricha, mamlakat moliyaviy intizomni kuchaytirish uchun tezkor choralar ko‘rishi kerak. Busiz realning qadrsizlanishi va iqtisodiy qiyinchiliklarni to‘xtatib bo‘lmaydi. Braziliya o‘zining tarkibiy muammolarini hal etmasa, inqiroz yanada chuqurlashishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: