Toshkent va Navoiyda xorijga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

O‘zbekiston 03:08 1038

Toshkent shahri va Navoiy viloyatida pul evaziga noqonuniy yo‘llar bilan xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi department.

Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida A.N. ismli shaxs fuqaro S.X.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali AQShga ishga yuborishi evaziga 21 ming dollar berishi kerakligini aytib, shundan 9 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Xatirchi tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda M.I. ismli shaxs fuqaro Yo.Sh.ni Polsha davlatiga ishga yuborishi evaziga 1 000 AQSh dollari va 6,3 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.

Mazkur holatla yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlaoi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Samarqand viloyatining Urgut, Toshkent shahrining Uchtepa, Navoiy shahri hamda Toshkent viloyatining Bekobod shaharlarida xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: